"Chelsi"da qadrlanmagan yulduz "Bavariya"ga yo'l olishi mumkin

"Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku yana "Bavariya" e'tiboriga tushdi.
London klubi frantsiyalik futbolchini sotuvga qo'ydi - bosh murabbiy Entso Mareska uni o'z jamoasida ko'rmayapti. Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, "Bavariya" yangi hujumchi qidirishda davom etmoqda va Nkunku - bozorda ko'rib chiqilayotgan variantlardan biri.
Myunxen grandi 27 yoshli futbolchini joriy yilning yanvar oyidayoq o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rgan edi. Bavariyaliklar uning uchun taxminan 45 mln evro to'lashga tayyor edi, ammo "Chelsi" taxminan 70 mln so'ragan. Futbolchiga o'sha paytda da'vogarlar orasida ayni damda kurashda ishtirok etmayotgan "Manchester Yunayted" ham bor edi.