Xabarlarga ko'ra, "Chelsi"ning Kobxemdagi mashg'ulot bazasidan yuqori texnologiyali video uskunalar yo'qolgan. Klub Surrey politsiyasiga murojaat qildi.

Hozircha uskunalar shunchaki yo'qolganmi yoki o'g'irlanganmi, shuningdek, barcha xodimlar ta'tildan qaytgach topilishi mumkinmi yoki yo'qmi, noma'lum.

Etakchi klublar o'yinchilarning jismoniy, texnik, taktik va psixologik tayyorgarligini oshirish uchun mashg'ulotlar va o'yinlarning videoyozuvlaridan faol foydalanadilar.