"Chelsi" "Ayaks" himoyasining 19 yoshli etakchisi transferi ustida ishlamoqda

"Chelsi" Yorrel Xato transferi ustida ishlamoqda.
19 yoshli himoyachini o'z safiga qo'shib olish London klubining ustuvor maqsadiga aylandi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. "Ko'klar" "Ayaks" bilan aloqada.
Futbolchining o'zi "Chelsi"ga o'tishni istamoqda va shaxsiy shartnoma shartlarini qabul qilishga tayyor.
Xato Niderlandiya chempionatining o'tgan mavsumida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.