Chalxano'g'lining "Fenerbaxche"da qancha maosh olishi aytildi

"Fenerbaxche" Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Hoqon Chalxano'g'lini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Kuni kecha OAVda tarqalgan mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, 31 yoshli futbolchi Istanbul klubiga o'tishni istamoqda. Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, "Fenerbaxche" xavbekka bonuslardan tashqari yiliga 8 mln evro maosh bilan uch yillik shartnoma taklif qilishga tayyor, shuningdek, bitimga shartnomani yana bir yilga avtomatik ravishda uzaytirish imkoniyati ham kiritiladi.
"Inter" Hoqon Chalxono'g'li bilan xayrlashishni istamayapti va uning uchun 25-30 mln evro so'ramoqda. Ayni damda da'vogarlardan hech biri bunday miqdordagi mablag'ni to'lashga tayyorligini bildirmagan.