“Byornli” Larsenni o'z safiga qo'shib oldi

“Shtutgart”ning chap qanot himoyachisi Yakob Larsen “Byornli”ga o'tdi.
Shartnoma 4 yilga tuzilgan. Futbolchining transfer summasi 4 mln evroni tashkil qilgan.
Eslatib o'tamiz, Yakob faoliyati davomida “Xoffenxaym”, “Borussiya D” va “Anderlext” klublarida ham o'ynagan.
Larsen o'tgan mavsumda klubning 35 ta o'yinida 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.