Lesli Ugochukvu Londonning "Chelsi" klubidan rasman "Byornli"ga o'tdi. 21 yoshli futbolchi 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi, deya xabar bermoqda "qarg'alar" matbuot xizmati. Kelishuv narxiga aniqlik kiritilmagan, biroq ingliz OAV ma'lumotlariga ko'ra, "ko'klar" yarim himoyachini sotishdan 20 mln funtdan (23 mln evro) ko'proq pul ishlab oladi.

Ugochukvu ikki yil davomida "Chelsi"ga tegishli bo'lgan. 2023 yilning avgustida u "Renn"dan 27 mln evroga sotib olingandi. O'tgan mavsumda frantsuz "Sautgempton"da ijarada o'ynagan edi.