Superliga 2-davrasiga tayyorgarlik ko'rayotgan “Buxoro” klubi ikki nafar futbolchisi bilan xayrlashdi.

Klub matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, jamoani Maxmud Jo'raboev hamda Xusain Ergashboev tark etdi.

Ikkinchi davra oldidan jamoamiz markaziy hujumchi va o'ng qanot hujumchisi bilan o'rtadagi shartnomani o'zaro kelishgan holda bekor qildi.

"Buxoro" jamoasi Maxmud Jo'raboevga hamda Xusain Ergashboevga jamoamizda ko'rsatgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildirgan holda ularning keyingi ishlarida omad va zafarlar tilab qoladi”, - deyiladi klub xabarida.