Kicker tadqiqotiga ko'ra, "Bavariya"ning uy libosi Bundesliganing 2025/26 yilgi mavsumidagi eng qimmat futbolka hisoblanadi.

Bu 100 evroga tushadi, orqadagi raqam va yozuvlar uchun esa qo'shimcha 20 evro to'lash kerak bo'ladi. Shuningdek, Frankfurtning "Ayntraxt" (+16 evro) va Dortmundning "Borussiya" klublari (+15 evro) futbolkalari ham 100 evroga baholanmoqda.

Eng arzoni "Xoffenxaym" libosi - 79,99 evro (qo'shimcha raqam va yozuv uchun +10,96).