Bundesliga uchinchi o'rin sohibi yangi darvozabon bilan shartnoma imzoladi

"Ayntraxt" klubi "Verder"ning 30 yoshli darvozaboni Mixael Tsetterer bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi. Futbolchi klub bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolagan.
Tsetterer 2015 yildan beri "Verder" safida harakat qilib kelayotgandi va o'shandan beri Bremen jamoasi safida 80 ta rasmiy o'yin o'tkazgan. O'tgan mavsumda Mixael Bundesliganing eng yaxshi darvozabonlari qatoriga kirdi va uning barqaror o'yini Germaniya terma jamoasi murabbiylari e'tiborini tortdi.
Sky Sport xabariga ko'ra, transfer "Ayntraxt"ga 5 mln evroga tushgan, qo'shimcha bonuslar esa 800 ming evrogacha etadi.