Tailand poytaxti Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan Osiyo chempionatining navbatdagi kuni doirasida 22 yoshgacha bo'lgan bokschilarimiz o'z bahslarini o'tkazadilar.

Bokschilarimizning bugungi ishtirokini Robiya Baxtiyorova boshlab berdi. -48 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Baxtiyorova ilk davrada filippinlik Ofelia Magnoga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 5:0. 

Bugun ringga chiqadigan bokschilarimiz:

-48 kg: Robiya Baxtiyorova - Ofelia Magno (Filippin) - 5:0

-51 kg: Gulsevar Ganieva - Devika Gorpade (Hindiston) 

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Viktoriya Baidukova (Qozog'iston)

-50 kg: Behruz Xoldorov - Vishvanat Suresh (Hindiston) 11:15

-55 kg: Samandar Olimov - Beksultan Boranbek (Qozog'iston) 11:45

-60 kg: Shoxrux Abdumalikov - Indra Sunar (Nepal) 15:30

-65 kg: Sayat Ilyasov - Ming Chen (Xitoy) 16:45

-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Gyubin Park (Koreya Respublikasi) 18:15.