Bugun OChL-2 va OFK Elit chempionlar ligasi yangi mavsumiga bugun qur'a tashlanadi.

Elit OChLda har bir mintaqada (G'arb va Sharq) 12 tadan jamoa ishtirok etishidan xabaringiz bor.

Har bir jamoa guruh bosqichida 8 tadan o'yinda ishtirok etadi — 4 ta uyda va 4  ta safarda. Bugungi qur'a yordamida jamoalarning raqiblari aniqlanadi.

Qur'a tashlash marosimi OChL-2 uchun Toshkent vaqti bilan 12:00da, Eilt OChL uchun 14:00da boshlanadi.

Elit OChL G'arb mintaqasi jamoalari:

"Al-Ahli" (Saudiya Arabistoni)
"Al-Ittihod" (Saudiya Arabistoni)
"Al-Hilol" (Saudiya Arabistoni)
"Shabab Al-Ahli" (BAA)
"Sharja" (BAA)
"Al-Vahda" (BAA)
"As-Sadd" (Qatar)
"Al-G'arafa" (Qatar)
"Ad-Duhayl" (Qatar)
"Traktor" (Eron)
"Nasaf" (O'zbekiston)
"Ash-Shorta" (Iroq)

Manba: stadion.uz