Brunu Fernandesh "An-Nasr"ga javob berdi

"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh Krishtianu Ronaldu va Joau Feliks bilan jamoadosh bo'lmaydi.
"An-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush "qizil iblislar"ning 30 yoshli yarimh imoyachisini asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan, biroq u hech qaerga ketmoqchi emas, deya ta'kidlamoqda insayder Sasha Tavoleri. Fernandesh yana bir bor Saudiya Arabistonida o'ta foydali shartnoma olish imkoniyatidan voz kechdi.
Yoz boshida "Yunayted" yulduziga "Al-Hilol" qiziqish bildirgandi, ammo natija unda ham shunday bo'lgandi - portugaliyalik rad javobini berdi.
Brunu Fernandeshning nufuzli Transfermarkt portalidagi narxi - 50 mln evro.