"Brentford" o'zi uchun rekord miqdordagi transfer amalga oshiradi

"Brentford" "Bornmut" vingeri Dango Uattara transferini kelishib oldi.
"Asalarilar" 23 yoshli Burkina Faso terma jamoasi futbolchisini "Manchester Yunayted"ga ketgan Brayan Mbeumo o'rniga rekord darajadagi 37 mln funt va 5 mln funt bonus evaziga sotib olishadi.
Uattara bugun "Brentford"da tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. U o'tgan mavsum APLning 32 o'yinida 7 gol va 4 golli uzatmani amalga oshirgan.