"Brentford" etakchisi "MYu"ga transferi amalga oshmayotganidan norozi

"Brentford" vingeri Brayan Mbeumo hozirda o'zining "Manchester Yunayted"ga transferi oldinga siljimayotganidan norozi bo'lmoqda.
The Sun xabariga ko'ra, 25 yoshli kamerunlik futbolchi transfer tezroq amalga oshishi uchun o'z klubiga bosim o'tkazmoqda.
Mbemoning o'zi allaqachon mankunianliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Transfer 70 million evrodan qimmatroqqa amalga oshishi kutilmoqda.