Bremer jarohatdan tiklanish davridagi eng qiyin lahzani aytdi

"Yuventus" markaziy himoyachisi Gleyson Bremer yaqinda xochsimon payining uzilishidan so'ng maydonga qaytdi.
"Eng qiyin payt? Reabilitatsiya davrining boshida menga to'qqiz oyni o'tkazib yuborishimni aytishdi. Odatda bunday jarohatlardan keyin tiklanish olti-etti oy davom etishini hisobga olsak, bunga ko'nikish qiyin bo'ldi", - dedi markaziy himoyachi Sky Sport bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Gleyson Bremer o'tgan yilning oktyabr oyi boshida Chempionlar ligasi umumiy bosqichida "RB Leyptsig"ga qarshi kechgan o'yinda jarohat olgan edi.