"Yuventus" markaziy yarim himoyachisi Italiyadagi bir yillik faoliyatidan so'ng Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Jurnalist Sebasten Vidalning ta'kidlashicha, "Everton" 27 yoshli braziliyalik futbolchini ijaraga olish bo'yicha "Yuventus" bilan muzokaralar olib bormoqda. Ammo Luisning o'zi xavbekka qiziqish bildirayotgan "Tottenxem"ga o'tishni ma'qul ko'rmoqda.

"Yuventus" o'tgan yozda "Aston Villa"dan Duglas Luisni 51,5 mln evroga sotib olgan edi. Turinliklar safida yarim himoyachi barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushdi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Luisning "Yuventus" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.