"Brayton" yarim himoyachisi A Seriyaga yo'l olishi mumkin

"Brayton" yarim himoyachisi Mett O'Rayli Italiyaga o'tishga tayyor.
"Yuventus" 24 yoshli futbolchini sotib olmoqchi. Jurnalist Fabritsio Romanoning fikricha, daniyalik futbolchi faoliyatini davom ettirish uchun ushbu variantdan manfaatdor.
O'Raylining xizmatlari "keksa sinyora"ga taklif qilindi - Turin klubi futbolchining narxi va shartnoma talablari haqida ma'lumot so'ragan, biroq hozircha aniq taklif bilan chiqmagan.
"Brayton" o'tgan yozda "Seltik"dan O'Raylini deyarli 30 million evroga sotib olgandi.