"Brayton" tayanch yarim himoyachisi Karlos Baleba Evropaning bir qator grand klublari e'tiborida bo'lib turibdi.

Transfer News Live xabariga ko'ra, "chaykalar" 21 yoshli kamerunlik futbolchini qo'yib yuborishga tayyor, faqat u uchun kamida 120 million evrolik taklif olishi kerak.

Balebaga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqmoqda. Shuningdek, "PSJ" ham da'vogarlar safiga kiritilgan.