"Borussiya Dortmund" "Manchester Siti" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Jeyms Makeyti Dortmundning "Borussiya" klubiga o'tishi mumkin. Bunday ma'lumotlar bilan insayder Sebasten Vidal bo'lishdi.
Manbaga ko'ra, ayni damda "Borussiya" Makeyti uchun kurashda "Fulxem" va "Tottenxem"ni ortda qoldirmoqda. "Manchester Siti" 22 yoshli xavbek uchun 23 million evrodan ko'proq pul olmoqchi, futbolchining o'zi esa yozda jamoani tark etishga tayyor.
2024/25 yilgi mavsumda Makati barcha turnirlarni hisobga olgan holda 27 ta o'yinda maydonga tushdi va ettita gol muallifiga aylandi.