"Parma" Dortmundning "Borussiya" klubiga hujumchi Jovanni Reyna bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqdi.

Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, italyan klubi 22 yoshli amerikalik futbolchi uchun taxminan 6 million evro to'lashga tayyor.

Reynaning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 7 million evroga baholamoqda.

Amerikalik futbolchi 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.