"Borussiya Dortmund" elektromobil kompaniyasi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi

Dortmundning "Borussiya" klubi Shvetsiyaning elektromobil ishlab chiqaruvchi Polestar kompaniyasi bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Kompaniya logotipi jamoa futbolkalarining englarida, shuningdek, stadion va uning yonidagi mashg'ulot jihozlari va reklama yuzalarida paydo bo'ladi.
Klub o'yinchilar, rahbariyat va klub vakillari foydalanishi mumkin bo'lgan 60 ta avtomobil oladi.
Bu hamkorlik "Borussiya"ga yiliga taxminan 5 mln evro foyda keltiradi. Bonuslar mavjud bo'lsa, umumiy summa 15 million evrodan oshishi mumkin.