"Borussiya Dortmund" bosh direktori klub prezidenti bo'lmoqchi

Dortmundning "Borussiya" klubi bosh direktori Xans-Yoaxim Vattske prezidentlik uchun kurashmoqchi.
Nemis jamoasi rasmiy sayti xabariga ko'ra, Vattske 2025 yilning kuz boshida hozirgi lavozimini tark etadi, noyabr oyidayoq u "asalarilar" prezidenti lavozimiga o'z nomzodini ilgari suradi.