"Borussiya Dortmund" "Barselona" himoyachisiga xaridor

"Barselona" qanot himoyachisi Ektor Fort Bundesligaga yo'l olishi mumkin.
Fichajes xabariga ko'ra, 18 yoshli ispaniyalik futbolchini "Borussiya Dortmund" o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Asalarilar" allaqachon transfer haqida ma'lumot olish uchun "ko'k-anorranglilar" bilan bog'langan.
Fort - "Barselona" tarbiyalanuvchisi. U klub safida 30 ta o'yinda 3 ta assist amalga oshirgan.