Dortmundning "Borussiya" klubi "Vulverxempton" hujumchisi Fabiu Silvaga 5 yillik shartnoma taklif qildi, deb yozdi X ijtimoiy tarmog'ida insayder Sasha Tavoleri.

Manbaga ko'ra, tez orada klublar 23 yoshli portugaliyalik futbolchining transferi bo'yicha muzokara o'tkazadi.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 20 million evroga baholamoqda.

Silva o'tgan mavsumda ijara asosida "Las-Palmas" sharafini himoya qilgan edi. 25 ta o'yinda u 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.