"Bornmut" transfer bozorida sport ko'rsatkichlari bo'yicha jiddiy zarar ko'rdi, lekin ular ham yaxshi pul ishlab oldi. Bu yozda asosiy o'yinchilar hisoblangan uchta himoyachi klubni tark etdi: Milosh Kerkez, Din Xeysen va Ilya Zabarniy.

Kerkez “Liverpul”ga 46,9 million evroga, Xeysen “Real”ga 62,5 million evroga, Zabarniy “PSJ”ga 63 million evroga o'tdi. Bu mumkin bo'lgan bonuslarni hisobga olmagan Transfermarkt ma'lumotlari.

APLning birinchi turida “Bornmut” safarda “Liverpul”ga qarshi bahs olib boradi. O'yin 15 avgust, juma kuni bo'lib o'tadi.