"Bornmut" Kepa o'rniga "Chelsi" darvozabonini sotib oladi

"Chelsi"ning serbiyalik darvozaboni Jorje Petrovich "Bornmut" futbolchisiga aylanadi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqda insayder Fabritsio Romano yozmoqda. "Giloslar" Serbiya terma jamoasi posboni uchun 30 mln evro to'laydi.
Amaldagi shartnoma Petrovichni "Chelsi" bilan 2030 yilning yozigacha bog'lab turadi. Transfermarkt portali futbolchini 30 mln evroga baholamoqda. Darvozabon o'tgan mavsumni "Strasburg" safida Liga 1da o'tkazdi.
O'tgan mavsumda "Bornmut" darvozaboni ispaniyalik Kepa Arissabalaga edi, u yozda "Chelsi"dan "Arsenal"ga o'tgandi. Bask "Bornmut"da ijara shartnomasi asosida o'ynagan.