"Bolonya" "Vest Bromvich" himoyachisi Torbern Xeggem transferini e'lon qildi. U 14-raqam ostida harakat qiladi.

Transfermarkt portali kelishuvni 7,5 million evroga baholagan.

26 yoshli norvegiyalik futbolchi o'tgan mavsum "Vest Bromvich" safida chempionatda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.