Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tailandning Bangkok shahrida Yoshlar va 22 yoshgacha bo'lgan bokschilar ishtirokida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda. Bugun musobaqaning yoshlar (U-19) o'rtasidagi final bahslari bo'lib o'tdi.

Yakunlarga ko'ra, jamoamiz 7 ta oltin, 3 kumush va 3 ta bronza medali bilan tugatdilar. Ushbu natija bilan ular, qit'ada tengsizligini yana bir bor isbotlashdi. Bizdan keyin Hindiston va Xitoylik bokschilar o'rin egallashdi.

G'olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal!
-65 kg. Jahongir Zayniddinov
-70 kg. Abdulaziz Jo'raqulov
-80 kg. Norbek Abdullaev
-85 kg. Samir Sobirov
+90 kg. Islam Salihov
-60 kg. Sevara Mamatova
+81 kg. Sobiraxon Shahobiddinova

Kumush medal:
-75 kg. Muhammadjon Yaqupboev
-48 kg. Maftuna Musurmonova
-70 kg. Rayhona Qurbonboeva

Bronza medal:
-60 kg. Abdurahmon Mahmudjonov
-75 kg. Maftuna Yangieva
-81 kg. Ruxshona Parpieva

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan