Boks. O'zbekiston U-22 va Yoshlar terma jamoalari Osiyo chempionatida ishtirok etadi

30 iyuldan 12 avgustga qadar Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo'lgan bokschilar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqada terma jamoamiz 4 ta tarkib bilan ishtirok etadilar.
Kecha O'zbekiston boks federatsiyasi binosida terma jamoamiz a'zolari va O'zbekiston boks federatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda, O'zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov, O'zbekiston boks federatsiyasi Bosh Kotibi Shohid Tillaboev va O'zbekiston boks milliy terma jamoasi bosh murabbiyi To'lqin Qilichev va Osiyo chempionatiga yo'l olayotgan bokschilarimiz va murabbiylar ishtirok etishdi. Yig'ilish davomida bokschilarimizning tayyorgarlik jarayonlari haqida so'z borib, oldinda turgan World Boxing tashkilotining dastlabki qit'a birinchiligida munosib ishtirok etishlari va yuqori o'rinlarni egallash vazifasi yuklatildi. Shu bilan birga terma jamoamiz a'zolariga oldinda turgan muhim musobaqa oldidan omad va zafarlar tilab qolindi.
U-22 terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
Erkaklar:
-50 kg. Behruz Xoldorov
-55 kg. Samandar Olimov
-60 kg. Shohruh Abdumalikov
-65 kg. Sayat Ilyasov
-70 kg. Muhammadazizbek Ismoilov
-75 kg. Shavkatjon Boltaev
-80 kg. Rahmatillo Boymatov
-85 kg. Abdulaziz Abdurahmonov
-90 kg. Shahzod Polvonov
+90 kg. Halimjon Mamasoliev
Murabbiylar: Rahmatjon Ro'ziohunov, Ozod Hasanov, Botirjon Mahmudov, Alimardon Dostonov.
Ayollar:
-48 kg. Robiyaxon Baxtiyorova
-51 kg. Gulsevar Ganieva
-54 kg. Uzukjamol Yunusova
-57 kg. Xumorabonu Mamajonova
-60 kg. Odinaxon Ismoilova
-65 kg. Mohira Ahmedova
-70 kg. Oysha Toirova
+81 kg. Diyoraxon Abdumannobova
Murabbiylar: A'zim Xudayqulov, Jamoliddin Po'latov, Shahzoda Umarova, Lazizjon Sharifjonov.
Yoshlar (U-19) terma jamoamiz tarkibi:
Yigitlar:
-50 kg. Odilshox Halimov
-55 kg. Abdulaziz Abdunazarov
-60 kg. Abdurahmon Mahmudjonov
-65 kg. Jahongir Zayniddinov
-70 kg. Abdulaziz Jo'raqulov
-75 kg. Muhammadjon Yaqupboev
-80 kg. Norbek Abdullaev
-85 kg. Samir Sobirov
-90 kg. Muhammadrizo Siddiqov
+90 kg. Islam Salihov
Murabbiylar: Xulio Li Echavarria, Sirojiddin Naimov, Baxtiyorjon Turaboev, Suxrob Umarov.
Qizlar:
-48 kg. Maftuna Musurmonova
-51 kg. Muxtasar Alieva
-54 kg. Muslima Turg'unova
-57 kg. Robiya Ravshanova
-60 kg. Sevara Mamatova
-65 kg. Sevinch Xurramova
-70 kg. Rayhona Qurbonboeva
-75 kg. Maftuna Yangieva
-81 kg. Ruxshona Parpieva
+81 kg. Sobiraxon Shahobiddinova
Murabbiylar: Temur Axbaev, Eldor Holmatov, Ravkat Eraliev, Bobur Kattaqulov.
Jamoa rahbari: Shohid Tillaboev
Jamoa menejeri: Shaxboz Tavakkalov.
Shifokor: Dilshod Kazakov.
Jamoa matbuot kotibi: Jaloliddin Yusupov.
Ushbu musobaqada Ma'ruf Urdushev hakam sifatida faoliyat olib boradi.