Professional boksning superog'ir vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov Toshkentga qaytdi.

Box.rec internet portali bir necha kun oldin Jalolovning 9 avgust kuni Kaliforniya shtati (AQSh)da jang qilishi haqida xabar bergandi.

Biroq hozirda bu ma'lumotlar portaldan olib tashlangan. Hozircha Bahodir va u hamkorlik qiladigan Top Rank promouterlik kompaniyasi bu ma'lumotlar bo'yicha munosabat bildirmadi.

Manba: boxrec.com