Prof boksning yarim og'ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni, rossiyalik Artur Beterbievning navbatdagi jangi tafsilotlari ma'lum.

U 25 noyabr kuni Saudiya Arabistonida tashkil etiladigan Riyadh Season musobaqasi doirasida ringga qaytishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, Arturning jamoasi amerikalik Naji Lopes bilan jang o'tkazish bo'yicha muzokara olib bormoqda.

O'sha kungi musobaqaning markaziy jangi Devid Benavides va Entoni Yard o'rtasida kechadi.

Avvalroq, Dmitriy Bivolning menejeri Vadim Kornilov Artur Beterbiev bilan trilogiya 2026 yilga qoldirilishi mumkinligini aytgandi.

Manba: MMATM