Portugaliya futbolining to'rtinchi ligasida juda qiziq epizod bo'lib o'tdi.

"Marinense" futbolchisi Antonio Karlos vas Martins avvaliga 64-daqiqada "Penike" darvozasiga jamoasining yagona golini kiritgan bo'lsa, o'yinning 107 -(!!!) daqiqasida yana jamoasini qutqarib qoldi.

U klubida futbolchi o'zgartirish limiti tugagach, darvozabon maydondan chetlatilgach, darvozani qo'riqlashga kirishdi va penaltini qaytardi.

Uning jamoasi mavsumni mehmondagi ajoyib g'alaba bilan boshlashga muvaffaq bo'ldi.