Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi Garet Beyl KO'JCh-2025 yarim finali doirasidagi "PSJ"ga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"PSJ" bu mavsumda juda yuqori darajada o'ynayotgan bo'lsa-da, o'yinning yakuniy natijasini hammamiz bilamiz: "Real" g'alaba qozonadi.

Xabi Alonsoning "Real Madrid"i shiddatli jangga tayyorlanmoqda va shubhasiz, muvaffaqiyatga erishadi - Alonso bilan "Real"da yangi davr boshlanayotganini hamma anglab etmoqda.

Va bu davr juda muvaffaqiyatli bo'ladi", - dedi uelslik sobiq futbolchi.