Garet Beyl "Chelsi"ni APL g'olibligiga da'vogar deb hisoblayapti.

Londonliklar klublar jahon chempionatida g'olib bo'lishdi. Finalda Entso Mareska jamoasi "PSJ"ni mag'lub etdi (3:0).

"Menimcha, ular [chempionlik uchun kurashga] yaqin. O'tgan mavsumda Rojdestvo arafasida ularni g'oliblikka da'vogar deb atashgandi.

Albatta, bu yosh jamoa va ma'lum bir paytda ular susaydi, ammo o'ylaymanki, bundan keyin ko'p narsa o'rganadilar. Ular irodali ekanliklarini ko'rsatishdi - Konferentsiyalar ligasida g'alaba qozonishdi, endi esa KO'JChda ham. Menimcha, endi ularda haqiqatan ham o'ziga ishonch paydo bo'ladi," - dedi "Real"ning sobiq qanot hujumchisi DAZN'ga bergan intervyusida.