"Betis" "Real"ga 5 million evro taklif qildi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
"Betis" o'z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarishga qiziqmoqda va "qirollik klubi"ga 5 million evro taklif qildi. "Real" 15 million xohlamoqda.
Sebalos yana qadrdon klubiga qaytishi uchun katta maosh talablarini pasaytirishga to'g'ri keladi.