33 yoshli Vilyam Karvalyu Sevilyaning "Betis" klubini rasman tark etdi. U klubda roppa-rosa etti yilni o'tkazdi.

Karvalyu erkin agentga aylandi. Hozirda uning qiymati Transfermarkt bo'yicha 1,5 million evroga baholanmoqda. Yarim himoyachi Portugaliya terma jamoasi safida 80 ta o'yinda maydonga tushgan.

Karvalyu Lissabonning "Sporting" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Betis" uning faoliyatidagi ikkinchi klubi bo'lgan.