Beterbiev Bivol bilan trilogiya bo'yicha bayonot berdi

Prof boksning yarim og'ir vazn toifasida rossiyalik sobiq jahon chempioni Artur Beterbiev so'nggi raqibi va hamyurti Dmitriy Bivol bilan uchinchi bahs haqida ma'lumot berdi.
"Navbatdagi jangimiz Rossiyada bo'lib o'tishi kerak edi. Nima haqida yozayotganimni bilasiz. Bivol bilan uchinchi jang. Bizga ajoyib sharoitlar taklif qilindi, ularni rad etish deyarli mumkin emas edi.
O'z navbatida uchinchi jang bo'lishi uchun hamma narsani qildim, ammo raqibim yana chekinish yo'lini tanladi. Men etarlicha uzoq kutdim va boshqa kutish niyatim yo'q. Boshqa birov dam olayotganda hech narsa qilmasdan o'tirish bo'lmaydi. 22 noyabr kuni Ar-Riyodda ko'rishguncha. Men nima bo'lishidan qat'iy nazar sayohatimni davom ettiraman", deb yozgan Artur.
Charm qo'lqop ustasi keyingi jangini amerikalik Deon Nikolsonga qarshi o'tkazadi.