"Barselona" tayanch yarim himoyachisi Mark Bernal tizzasidan olgan jiddiy jarohatidan deyarli 1 yil o'tib yana maydonga qaytishga tayyor.

Sport nashri xabariga ko'ra, 18 yoshli futbolchi 10 avgust kuni shifokorlardan maydonga qaytish uchun ruxsatnoma oladi.

U Gamper kubogi o'yini va La Liga ilk turi uchun qaydnomaga kiritilishi mumkin.