"Benfika" "Palmeyras" bilan yarim himoyachi Richard Riosning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Lissabon klubi kolumbiyalik futbolchi uchun 30 million evro taklif qildi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.

25 yoshli futbolchining shartnomasi 2029/30 yilgi mavsum oxirigacha, yiliga 3 million evro maosh bilan tuzilgan. Agar kelishuv amalga oshsa, Rios "Benfika" tarixidagi Entso Fernandes (44,2 million evro, "River Pleyt") va Darvin Nunesdan (34 million evro, "Almeriya") keyin eng qimmat xaridlar bo'yicha uchinchi o'rinni egallaydi.

Avvalroq, "Palmeyras" yulduziga asosiy da'vogar Italiyaning "Roma" klubi hisoblangan, u yarim himoyachi bilan deyarli kelishuvga erishgan, biroq Braziliya klubini ishontira olmagan.