"Benfika" Feliks uchun "Chelsi"ga 30 million evro taklif qilishga tayyor

"Benfika" huquqlari "Chelsi"ga tegishli bo'lgan hujumchi Joau Feliksning qaytishiga qiziqish bildirmoqda.
25 yoshli futbolchi yaqinda aytib o'tgan Lissabon klubiga o'tish imkoniyatini jiddiy o'ylamoqda. A Bola xabariga ko'ra, "Benfika" "Chelsi"ga Feliksning transferi uchun 30 million evro taklif qilishga tayyor, biroq forvardning maoshi jiddiy muammo bo'lib qolmoqda va bu Portugaliya klubida yiliga 4 million evro belgilangan chegaradan sezilarli darajada oshib ketadi.
"Chelsi" Joau Feliksni o'tgan yozda "Atletiko"dan 50 million evrodan ko'proq evaziga sotib olgandi. Futbolchi mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida "Milan"da o'tkazdi.