Bellingemning tiklanish vaqti haqida ma'lumotlar yangilandi

Madridning "Real" klubi safida to'p tepayotgan angliyalik xavbek Jud Bellingem jarohatlangan elkasida jarrohlik amaliyoti o'tkazgandan so'ng tiklanishni boshladi.
AS jurnalistlari ma'lumotiga ko'ra, yarim himoyachi oktyabr oyi oxiridan oldin safga qaytishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli futbolchi "qirollik klubi" safiga 2023 yilning yozida kelib qo'shilgan edi. Futbolchi va "qaymoqranglilar" o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2029 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Inglizning bozor narxi 180 million evroni tashkil etadi.
Jud La Liganing o'tgan mavsumida 31 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol va 8 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.