Bellingemning tiklanish jarayoni tezlashmoqda

"Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingem iyul oyi oxirida elkasini operatsiya qildirgan edi.
Marca xabariga ko'ra, 22 yoshli ingliz futbolchisining tiklanish jarayoni tezlashmoqda. Futbolchi sentyabr oxirigacha maydonga qaytishi mumkin.
"Real" 19 avgust kuni La Liga ilk turida "Osasuna"ni qabul qiladi.