Jud Bellingem elkasini operatsiya qildirdi.

"Real Madrid" protsedura muvaffaqiyatli yakunlanganini e'lon qildi. Yarim himoyachi 2023 yilning noyabridan beri elkasida muammolarga duch kelgan.

Oldinroq Bellingemning operatsiyadan keyin tiklanishi 10 dan 12 haftagacha davom etishi xabar qilingandi.

Angliyalik futbolchi o'tgan mavsumda La Ligada 31 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.