Bellingem bugun operatsiya qilinadi

Jud Bellingemning elkasidagi operatsiya chorshanba kunigarejalashtirilgan. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, "Real" yarim himoyachisi 2023 yilning noyabr oyidan beri elkasida muammolarga duch kelmoqda.
Qayd etilishicha, Bellingemning operatsiyadan keyin tiklanishi 10 dan 12 haftagacha davom etadi. Madridning “Real” klubi angliyalik futbolchining oktabr oyi boshida maydonga qaytishini kutmoqda.