Xabaringiz bor, Belgiyaning "Antverpen" klubi o'zbekistonlik futbolchi Muhammadali O'rinboev o'z safiga qo'shib oldi.

Kuni kecha O'rinboev yangi jamoasida ilk uchrashuvini o'tkazdi. U Daniya klubiga qarshi bahsda 45 daqiqa maydonda harakat qildi.

Belgiyada yangi mavsum 25 iyul kunidan boshlanadi. Ilk o'yin aynan “Antverpen” ishtirokida bo'lib o'tadi.

Shu kuni Muhammadali O'rinboev jamoasi o'z maydonida “Royal Union”ni qabul qiladi.