"Sevilya" markaziy himoyachisi Loik Bade "Bayer" futbolchisiga aylanishi mumkin, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.

Manba ma'lumotiga ko'ra, 25 yoshli frantsuz transferga yaqin turibdi. Loik 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashga tayyor.

Avvalroq, nemis klubi futbolchi uchun 25-30 mln evro so'rayotgani xabar qilingandi.

"Sevilya" 2023 yilning yozida Badeni 12 million evro evaziga o'z safiga qo'shib olgandi. U o'tgan mavsum 33 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.