"Bayer" "RB Leyptsig" darvozabonini xarid qiladi

"Bayer" "Leyptsig" darvozabonini sotib olmoqda.
Leverkuzen klubi "Leyptsig" bilan Yanis Blasvix transferi bo'yicha kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Sky Sport Deutschland jurnalisti Filipp Xinse.
"Bayer" taxminan 2 million evro va 1 million bonus to'laydi.
34 yoshli posbon o'tgan mavsumni "Zaltsburg" safida o'tkazib, Avstriya chempionatida 11 ta o'yinda maydonga tushdi.