Leverkuzenning "Bayer" klubi "Leyptsig" darvozaboni Yanis Blasvixni o'z safiga qo'shib oldi. Bu haqda "farmatsevtlar" matbuot xizmati xabar bermoqda.

34 yoshli posbon bilan ikki yillik shartnoma imzolangan. Transfer summasi atigi 2 mln evroga baholanmoqda.

Eslatib o'tamiz, Blasvix uch mavsum davomida "buqalar"ga tegishli bo'lgan. U o'tgan mavsumda Avstriyada "Red Bull Zaltsburg" safida ijara asosida o'ynagan edi.