"Monako" yarim himoyachisi Magnes Akliush Germaniya Bundesligasiga ko'chib o'tish imkoniyatiga ega, bu haqda insayder Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma'lum qilindi.

Jurnalistga ma'lum bo'lishicha, 23 yoshli frantsiyalik vingerni "Bayer" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Akliushning transferini "dorishunoslar"ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag allaqachon ma'qullagan. Potentsial bitim summasi 50 million evroga baholanmoqda.

Frantsiya chempionatining o'tgan mavsumida 23 yoshli futbolchi 32 ta o'yinda ishtirok etgan. Akliush o'z hisobiga beshta gol (bittasi penaltidan) va o'nta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.