"Bayer"ga "Sevilya" himoyachisi kerak

Leverkuzenning "Bayer" klubi himoya chizig'ini Ispaniya chempionati futbolchisi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Gap "Sevilya"ning markaziy himoyachisi Loik Bade haqida ketmoqda.
Insayder Fabritsio Romano ehtimoliy transfer haqida xabar berdi. Manbaga ko'ra, "Bayer" rahbariyati allaqachon "Sevilya"ga frantsiyalik futbolchini sotib olish bo'yicha taklif bilan chiqqan.
Muzokaralar faol bosqichda. Kutilayotgan transfer summasi 20-30 million evroni tashkil qiladi. Badening shaxsiy shartnomasiga kelsak, "Bayer" futbolchiga 5 yillik mehnat shartnomasini taklif qilgan.